- Toshkentdan gapiramiz
- 04.08.2026, 12:11
Yakkasaroydagi noqonuniy buzilish va qurilish holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent shahar prokuraturasi xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumani, Damariq MFY, A.Qahhor ko‘chasidagi xonadonning noqonuniy buzilgani hamda kompensatsiya to‘lovlari bilan bog‘liq tarqalgan videomaterial yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda
Aniqlanishicha, "Mega Logistics Servise" MChJ mansabdor shaxslari fuqarolarni majburiy ko‘chirish bo‘yicha ijro harakatlari yakunlanmagan bo‘lishiga qaramay, mazkur uyni o‘zboshimchalik bilan buzib tashlagan.
Shuningdek, tegishli ruxsatnomalarsiz ushbu hududda 1 ta 20 qavatli, 2 ta 19 qavatli, 1 ta 12 qavatli va 1 ta 2 qavatli turar joy binolari o‘zboshimchalik bilan qurilgani ham aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan "Mega Logistics Servise" MChJ mansabdor shaxslari va boshqa mas'ul shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ma'lum qilinishicha, jinoyat ishi alohida nazoratga olingan bo‘lib, tergov yakunlari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va...
🤩Har kuni poytaxt elektr tarmoqlarida yuzlab mutaxassislar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.2026-yilning...

Toshkent shahar Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiya...
Bugun Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Jamoat xavfsizl...