- Toshkentdan gapiramiz
- 05.08.2026, 16:41
Aholi manfaatlari — amalga oshirilayotgan ishlarning bosh mezoni
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Aziz Azimov, shahar boshqarmalari, tegishli idoralar hamda Yashnobod tumani hokimligi rahbarlari bilan birgalikda tumanning “Mohinur”, “Al-Buxoriy”, “Tong” va “Vatandosh” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘rganishlar davomida hududlarni noqonuniy qurilmalardan xoli etish, jamoat joylarini qonuniy tartibga keltirish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda aholi uchun xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟢Mahallalarda aniqlangan o‘zboshimchalik bilan qurilgan obyektlarni bartaraf etish, hududlardan maqsadli va qonuniy foydalanishni ta’minlash hamda bu boradagi ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida bolalar va sport maydonchalarini barpo etish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalar ko‘rib chiqildi. Ularni belgilangan muddatlarda, zamonaviy talablar va xavfsizlik me’yorlariga muvofiq, sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
O‘rganishlar davomida mahallalardagi elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, debitor qarzdorlikni qisqartirish hamda tizim samaradorligini ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi. Mutasaddilarning ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotlari tinglandi.
➡️Bundan tashqari, hududlardagi obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, mahallalarni yanada obod, fayzli va aholi uchun qulay maskanlarga aylantirish yuzasidan vazifalar belgilandi.
🥱Barcha olib borilayotgan ishlarning asosiy maqsadi — muammolarni joyida o‘rganish, ularni manzilli hal etish va har bir mahallada aholining kundalik hayotida seziladigan amaliy natijalarni ta’minlashdir.
📍Chilonzor tumanida “Hisobot, muloqot, taqdimot” formatida hududni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar...

🔸️ Bugun erta tongdan “Navqiron” mahallasida Yangihayot tumani hokimi, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyas...

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) mutaxassislari chorrahadagi transport oqimini o‘rganib, avtomobillar qaysi...

📈 Shu munosabat bilan tadbir doirasida Ichki ishlar vaziri tomonidan tumanda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan is...