Yashnobod tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Hokim o‘rinbosari tomonidan fuqarolar uchun shaxsiy qabul o‘tkazildi

Toshkent shahar Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Azizxon Shovkatov tomonidan fuqarolar uchun shaxsiy qabul o‘tkazildi.

➡️Qabul davomida murojaatchilar tomonidan turizm sohasida faoliyat yuritish uchun poytaxtning turizm ko‘chalaridan joy ajratish, musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ta’lim muassasalarini ta’mirlash hamda zarur inventarlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

🔺Shuningdek, maktab binolarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, mavjud infratuzilmani yangilash, madaniyat va san’at sohasi vakillariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaatlar bildirildi.

💬 Har bir murojaat Azizxon Shovkatov tomonidan batafsil tinglanib, unda ko‘tarilgan masalalarning kelib chiqish sabablari, ularni hal etish imkoniyatlari hamda amaldagi tartib-taomillar atroflicha muhokama qilindi.

🧑‍💻Murojaatlarning ayrimlari yuzasidan qabul jarayonining o‘zida tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokini talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatchilarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Har bir murojaat e’tiborda
18.09.2026, 16:50
Har bir murojaat e’tiborda

2026-yil 18-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishla...

TAYINLOV
18.09.2026, 15:43
TAYINLOV

Nosirov Shoxrux Shuxrat o'g'li Toshkent shahar Turizm boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.&nbs...

Fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi
18.09.2026, 15:30
Fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi

2026-yil 18-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Obidjon Od...

Yoshlar bilan muloqot — muammolarga amaliy yechim
18.09.2026, 10:42
Yoshlar bilan muloqot — muammolarga amaliy yechim

▫️Bugun, payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent shahridagi “Kitob olami” majmuasida yoshlar va yoshlar yet...