- Toshkentdan gapiramiz
- 04.08.2026, 10:08
Aholi uchun qulaylik tartib-intizomdan boshlanadi
Bugun Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Aziz Azimov, shahar boshqarmalari, tegishli idoralar va Chilonzor tumani hokimligi rahbarlari hamrohligida tumandagi bir qator obyektlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🏘Asosiy e’tibor jamoat joylarini noqonuniy qurilmalardan tozalash, obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda xavfsiz shahar muhitini yaratishga qaratildi.
🗾 Xususan, tadbir ishtirokchilari “Qatortol” ko‘chasi va bozori hududida bo‘lib, uzoq yillar davomida piyodalar yo‘lini egallab turgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan obyektlarni demontaj qilish ishlari bilan tanishdilar. Noqonuniy qurilmalar tufayli odamlar ko‘pincha yo‘lning qatnov qismiga chiqishga majbur bo‘lar edi.
🧑💻Bugun shahar piyodalarga o‘zlarining qonuniy hududini qaytarmoqda. Trotuarlar, avvalo, insonlar — bolalar, keksalar, aravachali ota-onalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va shahar bo‘ylab har kuni piyoda harakatlanadigan barcha aholi uchun mo‘ljallangan.
🔵Shuningdek, “Zarqo’rgon” mahallasidagi obodonlashtirish ishlari, “Navbahor” mahallasida elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish masalalari hamda “Lutfiy” mahallasidagi GES-9 podstansiyasida mavjud muammolar o‘rganildi.
🫥 Amalga oshirilayotgan barcha ishlarni yagona bir maqsad birlashtiradi — shaharni har bir fuqaro uchun yanada qulay, xavfsiz va shinam qilish. Aynan inson manfaatlari shahar muhitini rivojlantirishda asosiy mezon bo‘lib qoladi, jamoat joylarida tartib o‘rnatish esa ushbu tizimli ishning muhim qismidir.
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va...
🤩Har kuni poytaxt elektr tarmoqlarida yuzlab mutaxassislar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.2026-yilning...

Toshkent shahar Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiya...

Toshkent shahar prokuraturasi xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumani, Damariq MFY, A.Qahhor ko‘chasidagi...