- Toshkentdan gapiramiz
- 10.08.2026, 11:18
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari tumandagi mahallalarda qizgʻin pallaga kirdi.
Bugun erta tongdan Mirzo Ulugʻbek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov boshchiligida barcha masʼullar saf yigʻinini oʻtkazdi. Unda “Kamolot” va “Yangi Kamolot” mahallalari hududida tashkil etiladigan hashar jarayonlarida amalga oshiriladigan ishlar rejasi tuzib olindi. Mazkur ishlar yuzasidan barcha tegishli masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Hashar jarayonlarida mahallalarning sanitar holati, obodonlashtirish, bolalar maydonchalari va sport maydonlari holati, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, kommunal soha tarmoqlarini tartibga keltirish, ichki yoʻllar hamda irrigatsiya ariqlari holatiga asosiy eʼtibor qaratiladi.
Poytaxt ko‘chalarida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan “yashil to‘lqin” tizimining yana bir yo‘nalishi Shota Rustaveli...

Yig‘ilishda Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni ...

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raxmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahr...

😮 Xarid predmeti:Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda tarbiyalanuvchilar uchun sifatli va xavfsiz ovqatl...