- Toshkentdan gapiramiz
- 24.08.2026, 11:56
Toshkent shahar hokimligida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining 5-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi, “Toshkent invest kompaniyasi” AJ, “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining hisobotlari tinglandi.
✅ Hisobotlarda 2026-yilning birinchi yarim yilligida korrupsiya holatlarining oldini olish, ochiqlikni ta’minlash, ayrim tizimlarni raqamlashtirish hamda korrupsiyaga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, yil yakuniga qadar rejalashtirilgan chora-tadbirlar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida Kengashning 2026-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasi ko‘rib chiqildi.
Poytaxt ko‘chalarida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan “yashil to‘lqin” tizimining yana bir yo‘nalishi Shota Rustaveli...

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raxmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahr...

😮 Xarid predmeti:Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda tarbiyalanuvchilar uchun sifatli va xavfsiz ovqatl...

✅ Bugun, 21-avgust soat 23:59 da “Tashabbusli budjet” doirasida saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi bosh...