Yashnobod tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

2026-yilning 6 oyida Toshkent shahrida investitsiyalar va iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishida erishilgan asosiy natijalar

2026-yilning birinchi yarmida Toshkent shahri investitsiyalarni jalb etish hamda iqtisodiy rivojlanish sur’atlari bo‘yicha mamlakatning yetakchi hududlaridan biri bo‘ldi. Jalb etilgan mablag‘lar yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, eksport salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, mahalliy mahsulotlar turini kengaytirish hamda poytaxt iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlashga xizmat qildi.

Hisobot davrida Toshkent shahrining yalpi hududiy mahsuloti (YHM) 226,0 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizlik o‘sish demakdir.

Belgilangan 11,2 foizlik prognoz ortig‘i bilan bajarildi, natijada Toshkent shahri respublikada YHM o‘sish sur’ati bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etdi.

Shuningdek, 2026-yilning olti oyida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 109,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,0 foizga oshdi. Belgilangan 8,0 foizlik prognoz to‘liq bajarildi.

Investitsiyalar yo‘nalishida esa hisobot davrida 4,3 mlrd AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p bo‘lib, poytaxt iqtisodiyotiga xorijiy investorlarning ishonchi mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek:

249 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi;
— umumiy qiymati 657,5 mln AQSH dollari bo‘lgan yangi loyihalar foydalanishga topshirildi;
9,8 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, minglab oilalar uchun barqaror daromad manbai ta’minlandi;
1 mlrd 546,9 mln AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43 foizlik o‘sish qayd etildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 77 ta loyiha amalga oshirilib, 4,9 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Belgilangan ko‘rsatkichlar 148 foizga bajarildi.

Mazkur loyihalar import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va yangi kooperatsiya aloqalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Mahalliylashtirish loyihalari hisobidan 121,6 mln AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirildi. Bu poytaxt korxonalarining tashqi bozorlardagi mavqei mustahkamlanib, mahalliy mahsulotlarning xalqaro raqobatbardoshligi oshib borayotganini ko‘rsatadi.

Erishilgan natijalarning asosiy ijtimoiy samarasi — yangi ish o‘rinlari, aholi daromadlarining oshishi, zamonaviy ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi, sanoat salohiyatining kengayishi hamda shaharning iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilganidir.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Xalqlar do‘stligi kuni muborak bo‘lsin!
30.07.2026, 15:25
Xalqlar do‘stligi kuni muborak bo‘lsin!

Hurmatli toshkentliklar!Toshkent shahar hokimligi sizlarni Xalqlar do‘stligi kuni bilan samimiy muborakbod etadi. T...

Sergeli maktablarida raqamlashtirish: Aqlli kameralar va Yagona ijtimoiy monitoring tizimi joriy etiladi
30.07.2026, 10:11
Sergeli maktablarida raqamlashtirish: Aqlli kamera...

👍 Sergeli tuman hokimligida maktablarda davomatni yaxshilash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan ...

Toshkent shahar hokimligida “Ascend Solution” kompaniyasi bilan raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi
29.07.2026, 17:50
Toshkent shahar hokimligida “Ascend Solution” komp...

Toshkent shahar hokimligida “Ascend Solution” kompaniyasi bilan raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi202...

Afg‘onistonlik tadbirkorlar Toshkentda avtomobil va ehtiyot qismlari savdosi imkoniyatlari bilan tanishmoqda
29.07.2026, 16:11
Afg‘onistonlik tadbirkorlar Toshkentda avtomobil v...

Ayni kunlarda avtomobil va ehtiyot qismlari savdosi sohasida faoliyat yurituvchi 30 nafardan ortiq afg‘onistonlik tadbir...