- Toshkentdan gapiramiz
- 30.07.2026, 10:11
Sergeli maktablarida raqamlashtirish: Aqlli kameralar va Yagona ijtimoiy monitoring tizimi joriy etiladi
👍 Sergeli tuman hokimligida maktablarda davomatni yaxshilash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Alisher Dusmuxamedov, tuman hokimi, DXX rahbari hamda maktab direktorlari ishtirok etishdi.
"Sergeli tajribasi" — Davomat va xavfsizlik nazorati:
✅"Aqlli" kameralar va avtomatlashtirish: O‘quvchilar davomati hamda maktabga kirish-chiqish jarayonlari aqlli kameralar yordamida avtomatik nazorat qilinadi.
✅Elektron xabarnoma: Farzandlarning kelib-ketishi haqida ota-onalarga zudlik bilan xabar yuborish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
"Yagona ijtimoiy monitoring axborot tizimi":
Yagona baza: Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ichki nazoratdagi o‘quvchilar ma’lumotlari yagona bazaga jamlanadi.
✅Tahlil va profilaktika: O‘quvchilar holati doimiy monitoring qilinib, tezkor qarorlar qabul qilinadi va profilaktik ishlar sifati oshiriladi.
Ushbu raqamli tizimlar maktablarda xavfsizlikni ta'minlash, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.

Hurmatli toshkentliklar!Toshkent shahar hokimligi sizlarni Xalqlar do‘stligi kuni bilan samimiy muborakbod etadi. T...

Toshkent shahar hokimligida “Ascend Solution” kompaniyasi bilan raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi202...

Ayni kunlarda avtomobil va ehtiyot qismlari savdosi sohasida faoliyat yurituvchi 30 nafardan ortiq afg‘onistonlik tadbir...

Sessiyada deputatlar, kun tartibidagi:✅ Mirzo Ulug‘bek tumanida 2026-yil yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va 202...