Yashnobod tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

RASMIY MUNOSABAT

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ayrim ommaviy axborot vositalarida Yashnobod tumani aholisi Arsen Avanesyan go‘yoki hududni obodonlashtirgani va daraxt ekkani uchun jarimaga tortilgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu xabarlar voqeaning asl mohiyatini noto‘g‘ri aks ettirgani sababli, yana bir bor rasmiy tushuntirish beramiz:

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, Arsen Avanesyan "Yashil makon" tashabbusi niqobi ostida temir yo‘lga tutash qo‘riqlanadigan hududdan 360 kv.m yer maydonini noqonuniy egallab olgan. Hudud metall panjaralar bilan o‘ralib, yengil konstruksiyalar o‘rnatilgan va maydon tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanishga kirishilgan.

Ta’kidlash joizki, temir yo‘lga tutash qo‘riqlanadigan hududlarda har qanday qurilish ishlari va tijorat faoliyati qat’iyan man etiladi. Boshqa hollarda esa ro‘yxatdan o‘tkazish va vakolatli organlarning ruxsati talab etiladi.

Ushbu holat yuzasidan sud qarori chiqarilib, Arsen Avanesyanga belgilangan tartibda jarima solindi, shuningdek, unga noqonuniy o‘rnatilgan metall to‘siqlar va yengil konstruksiyalarni demontaj qilish majburiyati yuklandi.

Shu bilan birga, hudud to‘siq va konstruksiyalardan tozalangandan so‘ng barcha ekilgan daraxtlar va amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari saqlab qolinishi, daraxtlar kesilmasligi alohida ta’kidlandi.

Toshkent shahar hokimligi fuqarolarning yashil dam olish hududlarini yaratish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi va bunday tashabbuslarga ko‘maklashadi.

 

Esda tuting!

Bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish faqat "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi. Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlari olib borish jiddiy huquqiy va moliyaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Hurmatli poytaxt aholisi, batafsil ma’lumot olish, shuningdek, taklif va murojaatlarni yuborish uchun ushbu e’lon ostida joylashtirilgan rasmiy aloqa kanallari havolalaridan foydalanishingiz mumkin.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toşkent şahar hokimi tomonidan fuqarolar uçun şaxsiy qabul ötkazildi
23.10.2026, 17:56
Toşkent şahar hokimi tomonidan fuqarolar uçun şaxs...

✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
23.10.2026, 15:47
Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

 2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...

Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!
23.10.2026, 15:22
Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!

Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari tiklanadi. Qoidabuzarliklarga yöl qöygan mas’ullar aniqlandi, quriliş işlari töxtatildi
23.10.2026, 15:13
Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari ti...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...