- Toshkentdan gapiramiz
- 08.09.2026, 15:38
“BIRLIK” VA “DAVLATOBOD” MAHALLALARIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
🏢 Uchtepa tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning daromadlarini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
👍 Davlatimiz rahbari tomonidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan hududlarda aholi bilan manzilli ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
⚡️ Xususan, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A. Azimov tomonidan “Birlik” va “Davlatobod” mahallalari aholisi bilan kambag‘allikni qisqartirish hamda ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
🗣 Uchrashuv davomida fuqarolarning oilaviy va ijtimoiy sharoiti, bandlik masalalari hamda mavjud muammolari tinglandi. Aholining bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va daromadlarini oshirish bo‘yicha takliflari o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
🌐 Bunday manzilli uchrashuvlar orqali har bir oilaning muammosini o‘rganish va uni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish davom ettiriladi.

📊 11-sentyabr holatiga ko'ra, xalqnazorati.uz platformasi orqali 54 538 ta murojaat qabul qilingan. Joriy hafta davomid...

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...

Joriy yilning 10-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinb...

Bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil etiladi.🔹 10:00–...