Yashnobod tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkentda “Yashil to‘lqin” tizimining ilk yo'nalishi ishga tushirildi

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari Buyuk ipak yo‘li ko‘chasining “To‘ra Buva” masjididan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi 13 ta chorrahada svetoforlarning o‘zaro sinxron ishlashini hisoblab chiqdi va tizimni sozladi.

⏰ Ertalabki soatlarda “Yashil to‘lqin” shahar markazi tomon, kechki vaqtda esa qarama-qarshi yo‘nalishda ishlaydi.

Svetoforlar faoliyatining sinxronlashtirilishi natijasida ushbu yo‘l qismidan o‘tish vaqti sezilarli darajada qisqardi.

Jumladan, “To‘ra Buva” masjididan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishda o‘rtacha harakatlanish vaqti 8,5 daqiqadan 6 daqiqagacha, ya’ni 29 foizga qisqardi.

Qarama-qarshi yo‘nalishda — Salom ko‘chasidan “To‘ra Buva” masjidigacha — harakatlanish vaqti 10 daqiqadan 8 daqiqagacha, ya’ni 20 foizga kamaydi.

📊 “Yashil to‘lqin” tizimining samarali ishlashi uchun haydovchilardan Yo‘l harakati qoidalari va belgilangan tezlik me’yorlariga rioya etish talab etiladi.

Mazkur yo‘l qismida soatiga 40–60 kilometr tezlikda harakatlanganda chorrahalardan svetoforning qizil chirog‘ida deyarli to‘xtamasdan o‘tish mumkin.

Ayni paytda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari aqlli svetoforlar o‘rnatilgan Toshkent shahrining boshqa ko‘chalarida ham “Yashil to‘lqin” tizimini joriy etish bo‘yicha hisob-kitob va loyihalash ishlarini olib bormoqda.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
10-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi transport harakati: asosiy ko‘rsatkichlar
11.09.2026, 17:31
10-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi tr...

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
11.09.2026, 10:07
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarining navbatdagi ...

Joriy yilning 10-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinb...

Xalq qabulxonasida uchta qabul bo‘lib o‘tadi
11.09.2026, 09:24
Xalq qabulxonasida uchta qabul bo‘lib o‘tadi

Bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil etiladi.🔹 10:00–...

Kitobxon Toshkent" loyihasining 3-bosqichiga start berildi
10.09.2026, 16:22
Kitobxon Toshkent" loyihasining 3-bosqichiga start...

📚Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan "Kitobxon Toshkent" loyihasining 3-bosqi...