- Toshkentdan gapiramiz
- 10.06.2026, 09:29
Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar hokimligida “Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ hujjatlar hamda maqsadli loyihalarni amalga oshirishda grant tanlovlarining ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, sohani tartibga soluvchi qonunchilikdagi yangiliklar, NNTlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari uchun e’lon qilingan grant tanlovlarida faol ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.
Davra suhbati davomida grant tanlovlarida qatnashish tartibi, loyiha takliflarini talablar asosida tayyorlash, loyiha hujjatlari sifatini oshirish hamda moliyalashtirish uchun tanlab olingan tashabbuslarni samarali amalga oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, davlat grantlarini manzilli yo‘naltirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘rni, ijtimoiy foydali dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va loyihalarni platformalar orqali samarali yuritish masalalari yuzasidan fikr almashildi
➡️Birinchi bosqichda aholini, tashabbuskor guruhlarni va loyiha tarafdorlarini uning tafsilotlari, amalga oshirish tarti...

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositasi Davlat fuqarolik xizmatc...

🎉O‘zbekiston ovozi ko‘chasida yoshlar uchun bayramona dastur, jonli konsert, milliy o‘yinlar, ijodiy maydonchalar va ko...
Sergeli avtomobil bozori — poytaxtdagi eng yirik transport oqimini shakllantiruvchi hududlardan biri.Bozor sig‘imi jami ...