- Toshkentdan gapiramiz
- 03.06.2026, 10:10
Uchtepa tumanidagi Toshkent shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasida Toshkent shahar hokimining uchtepaliklar bilan “Axborot, hisobot, muloqot” shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud muammolar, onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiy muassasalarni zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanishicha, so‘nggi besh yil davomida ushbu yo‘nalishdagi qator muammolar sezilarli darajada kamaygan. Shuningdek, tibbiyot muassasalari uchun 56 turdagi 81 ta zamonaviy uskuna xarid qilingani ma’lum qilindi.
🧠 Yig‘ilishda xorijiy tajriba asosida yangi tipdagi poliklinikalar qurilishi, bolalar sil kasalliklari shifoxonasini ta’mirlash, shuningdek, ayrim tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha rejalar taqdim etildi.
🧑💻Shuningdek, Uchtepa tumanidagi 1-son sport maktabini kengaytirish loyihasi ham namoyish etildi. Loyiha amalga oshirilgach, sport turlari soni 13 tadan 32 taga yetadi, sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar qamrovi esa 570 nafardan 3800 nafargacha oshirilishi kutilmoqda. Majmuada kiber sport uchun ham alohida maydon tashkil etilishi rejalashtirilgan.
💬Tadbir davomida aholi murojaatlari tinglanib, ehtiyojmand fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi. Shuningdek, Prezident tashabbusi bilan Qurbon hayiti munosabati bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan operatsiyaga muhtoj bemorlarga maxsus vaucherlar berildi.
➡️Uchrashuv navbatdagi manzillarda davom etadi. Unda ko‘tarilayotgan masalalar va taqdim etilayotgan loyihalar aholi salomatligini mustahkamlash, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda poytaxt infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
➡️Birinchi bosqichda aholini, tashabbuskor guruhlarni va loyiha tarafdorlarini uning tafsilotlari, amalga oshirish tarti...

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositasi Davlat fuqarolik xizmatc...

🎉O‘zbekiston ovozi ko‘chasida yoshlar uchun bayramona dastur, jonli konsert, milliy o‘yinlar, ijodiy maydonchalar va ko...
Sergeli avtomobil bozori — poytaxtdagi eng yirik transport oqimini shakllantiruvchi hududlardan biri.Bozor sig‘imi jami ...