
Yarim doira fasadli chiroyli bino 1938-yilda moskvalik meʼmorlar A. A. Galkin va A. N. Karnauxov tomonidan qurilgan. Tekis tom, nishalar, lodjiyalar va balkonlar mualliflarning issiq iqlimni hisobga olishga intilishini koʻrsatadi. Binoning meʼmorchiligi sodda va ixcham, uning boʻlinishi klassik tamoyillarga asoslangan, — deb yozadi 1981-yilda nashr etilgan «Toshkent» ensiklopediyasi.
Toʻqimachilar madaniyat saroyida
1990-yillargacha koʻplab bolalar toʻgaraklari ishlagan: opera, teatr, xor,
raqs, bolalar kinostudiyasi va boshqalar. Toshkentliklar izostudiya va
xoreografiya darslarini alohida iliq xotirlaydilar.
1939-yilda «mutlaqo maxfiy» grifi ostida
ikkinchi va uchinchi qavatlar Qizil Armiya ofitserlari uchun gospitalga
moslashtirilgan. Bu yerda afsonaviy sarkardalar davolangan, birinchi qavatda
esa bolalar ijodiy toʻgaraklari ishlagan.
Yu. A. Gagarin kosmosga uchganidan keyin
1961-yilda saroyga uning nomi berilgan.
Mustaqillik yillarida binoda Yengil sanoat
vazirligi joylashgan, hozirda Millatlararo munosabatlar va xorijdagi
vatandoshlar bilan aloqa qoʻmitasi ishlaydi.
2015-yilda bino oldidagi skverda A. S.
Pushkin haykali oʻrnatilgan.

Shayx Zayniddin — Toshkentning muqaddas homiylaridan biri, XII asrda Bag‘dodda tug‘ilgan va otasi ...

Yunusxon Mo‘g‘ulistoniy (1415–1487) iste'dodli inson, nufuzli siyosatchi bo‘lib, Toshkent va Farg‘o...

Koʻpchilik toshkentliklarga Fargʻona yoʻli koʻchasidan uncha uzoq boʻlmagan joyda, sobiq Shumilov ...

2007 yilda maqbarasi yaqin atrofda joylashgan buyuk ilohiyotchi va alloma Qaffol ash-Shoshiy shara...