- Toshkentdan gapiramiz
- 15.09.2026, 10:43
Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat — samarali boshqaruv mezoni
👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari, Toshkent shahar hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo'limi boshlig'i hamda Yangihayot tumani hokimi ishtirokida tuman hokimligi, tegishli boshqarma va tashkilotlarning rahbar va xodimlari, shuningdek, "mahalla yettiligi" vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
👍 Uchrashuvda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari hamda xodimlarning mazkur jarayonlardagi shaxsiy mas’uliyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
👍 Shuningdek, muloqotda davlat xizmatida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik va odob-axloq me’yorlariga amal qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
👍 Ochiq muloqot davomida har bir xodim o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishi, qarorlar qabul qilishda xolislik va qonuniylik tamoyillariga amal qilishi, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi muhimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun poytaxt Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar ...
📍 Qoraqamish 1/3 hududida 2,4 km uzunlikdagi eko-sayilgoh, 12,4 km piyodalar yo‘lagi va 10,6 ming kv. metrdan ortiq yas...

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlard...

📊 11-sentyabr holatiga ko'ra, xalqnazorati.uz platformasi orqali 54 538 ta murojaat qabul qilingan. Joriy hafta davomid...