- Toshkentdan gapiramiz
- 04.06.2026, 11:13
Chilonzor tumanidagi sanoat korxonalari faoliyati o‘rganildi
Prezidentimiz tomonidan “2026-yil I yarim yillik va yil yakunlari boʻyicha iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash yuzasidan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida” o'tkazilgan yigʻilishda Toshkent shahrida past quvvatda ishlayotgan sanoat korxonalarini sogʻlomlashtirish va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish boʻyicha berilgan vazifalarni ijrosini ta'minlash maqsadida Joriy yilning 3-iyun kuni Chilonzor tumanida joylashgan yirik sanoat korxonalari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Dilmurod Qosimov boshchiligida ishchi guruh tomonidan ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish maqsadida o‘rganildi.
Ishchi guruh tomonidan dastlab tumandagi “Radiks” MCHJ faoliyati bilan tanishildi. Korxonada bugungi kunda 50 dan ortiq turdagi dori vositalari ishlab chiqarilmoqda. Yillik ishlab chiqarish quvvati 5 million dona kapsula va tabletkalarni tashkil etadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning barchasi import o‘rnini bosishga yo‘naltirilgan.
Shundan so‘ng tumandagi “ATLAS INVEST” MCHJ QK faoliyati o‘rganildi. Mazkur korxona O‘zbekistonning eng yirik gugurt ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri bo‘lib, asosiy faoliyati gugurt ishlab chiqarish hisoblanadi. Korxona zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, o‘z laboratoriyasiga ega hamda mahsulotlari belgilangan standartlar asosida sertifikatlangan.
O‘rganishlar davomida korxonalarda ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, mahalliylashtirish darajasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport ko‘rsatkichlarini ko‘paytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
➡️Birinchi bosqichda aholini, tashabbuskor guruhlarni va loyiha tarafdorlarini uning tafsilotlari, amalga oshirish tarti...

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositasi Davlat fuqarolik xizmatc...

🎉O‘zbekiston ovozi ko‘chasida yoshlar uchun bayramona dastur, jonli konsert, milliy o‘yinlar, ijodiy maydonchalar va ko...
Sergeli avtomobil bozori — poytaxtdagi eng yirik transport oqimini shakllantiruvchi hududlardan biri.Bozor sig‘imi jami ...