Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

🏗️Toshkentdagi barcha qurilish obyektlari uchun yangi talablar joriy etilmoqda

🔺Toshkent shahar hokimining "Axborot, hisobot, muloqot" shaklidagi uchrashuvi doirasidagi navbatdagi manzil qurilish obyektlaridan biri bo‘ldi.

🧱Tashrif davomida shahar hokimining qurilish obyektlarida ekologik normalarni joriy etish bo‘yicha qarori ijrosini ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash hamda qurilish maydonlarini yagona tartib asosida tashkil etishga qaratilgan innovatsion va namunaviy yangi loyiha taqdim etildi.

⚠️Loyihaga ko‘ra, qurilish obyektlari tashqi tomondan maxsus to‘siqlar bilan o‘ralishi, obyekt pasporti o‘rnatilib unda barcha zarur ma’lumotlar aks ettirilishi, piyodalar xavfsizligi uchun himoya soyabonlari tashkil etilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, qurilish maydonlari perimetri bo‘ylab mikroiqlim yaratish tizimlari, suv purkagich va dozatorlar o‘rnatiladi.

🎥 Qurilish jarayonlarini doimiy nazorat qilish maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, ular Qurilish nazorati inspeksiyasi tizimiga integratsiya qilinadi. Bundan tashqari, ekologik datchiklar, tungi kuzatuv vositalari, artezian suv quduqlari, avtomobillarni yuvish maydonchalari hamda avtomatik elektr hisoblagichlarini joriy etish rejalashtirilgan. Qurilish texnikalarining shahar ko‘chalariga toza holda chiqishini ta’minlash ham asosiy talablar qatoridan o‘rin olgan.


➡️Toshkent shahar Qurilish nazorati inspeksiyasi boshlig‘i yangi tartib va talablarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

🏗️ Ta’kidlanishicha, poytaxtdagi 1700 ga yaqin qurilish obyektlariga mazkur talablarni joriy etish uchun muayyan muddat beriladi.

💬Tadbir davomida aholi va mutaxassislarning takliflari tinglandi. Toshkent shahar hokimi loyiha takomillashtirish uchun barcha konstruktiv takliflarga ochiq ekanini, bildirilgan fikrlar asosida zarur o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligini ta’kidladi.

🎤Uchrashuvdan uchrashuvga shoshayotgan jurnalistlar ham yo‘l-yo‘lakay Toshkent shahar hokimidan intervyu olishga ulgurib, poytaxt hayoti uchun muhim loyihalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkentda renovatsiya loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlandi.
15.06.2026, 11:45
Toshkentda renovatsiya loyihalarini amalga oshiris...

➡️Birinchi bosqichda aholini, tashabbuskor guruhlarni va loyiha tarafdorlarini uning tafsilotlari, amalga oshirish tarti...

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositasi
12.06.2026, 16:43
Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsi...

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositasi Davlat fuqarolik xizmatc...

Yoshlar kuni festivali boshlandi!
12.06.2026, 09:57
Yoshlar kuni festivali boshlandi!

🎉O‘zbekiston ovozi ko‘chasida yoshlar uchun bayramona dastur, jonli konsert, milliy o‘yinlar, ijodiy maydonchalar va ko...

🚗 Sergeli avtomobil bozori: YHTEM Yangi Sergeli ko‘chasidagi yuklamani kamaytirmoqda
11.06.2026, 16:01
🚗 Sergeli avtomobil bozori: YHTEM Yangi Sergeli k...

Sergeli avtomobil bozori — poytaxtdagi eng yirik transport oqimini shakllantiruvchi hududlardan biri.Bozor sig‘imi jami ...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya