Yashnobod tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
«Marvarid»
«Marvarid»

1985-yilda meʼmor Ofeliya Petrovna Aydinova tomonidan tajriba loyihasi boʻyicha monolit betondan qurilgan noyob 16 qavatli bino. Loyiha aslida 1974-yilda yaratilgan, lekin kelishuv jarayonlari koʻp yil talab qilgan, chunki oʻsha paytda toshkentlik quruvchilarning monolit betondan uy qurish tajribasi yoʻq edi.

«Marvarid»ning asosiy oʻziga xosligi — har uch qavatni birlashtirib, binoning ikki korpusini bogʻlab turuvchi ichki teraslarda. Bu terasalar mahalla makonining prototipi sifatida rejalashtirilgan — odamlar muloqot qiladigan va ijtimoiy funksiyalarni bajaradigan joy. Ular «yerdagi» odatiy hayotdan uzilishni qoplashi kerak edi. Terasalar haqiqatan ham yashab ketdi: bu yerda mebel, ayvonlar, bolalar maydonchalari, dekorativ oʻsimliklar paydo boʻldi.

Korpuslarning yumaloq shakli terasalarning yaxshi ventilyatsiyasini taʼminlaydi — ularni doimiy shamol urib turadi, bu issiq iqlim uchun juda muhim.

Bir paytlar tomida solyariy va basseyn, yertoʻlada kir yuvish xonasi boʻlgan; hozir bu joylar yopiq. Uyda gaz yoʻq — faqat elektr plitalar oʻrnatilgan. Jami 120 ta ikki va toʻrt xonali kvartira bor. Yashovchilarga ikkita yoʻlovchi va bitta yuk lifti xizmat qiladi.

Afsuski, sovet modernizmining yodgorligi boʻlgan «Marvarid» oʻz turidagi yagona bino boʻlib qoldi: loyiha seriyaga chiqmadi. Shunga qaramay, bino professional meʼmoriy nashrlarga kirdi va Toshkent boʻylab ekskursiyalarning qiziqarli nuqtalaridan biriga aylandi.

Shuningdek, qiziqarli joylar
Vestminster universiteti
Vestminster universiteti

Istiqbol va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida joylashgan go‘zal, qadimiy g‘ishtin bino toshkentli...

Muqimiy nomidagi musiqali teatr
Muqimiy nomidagi musiqali teatr

Beshagʻoch maydonidagi Muqimiy nomidagi oʻzbek davlat musiqali teatrining chiroyli binosi hammaga t...

Urda dagi mutaxassislar uyi
Urda dagi mutaxassislar uyi

Mutaxassislar uyi Narkomzem loyihasi bo‘yicha 1938 yilda me’mor Pavlov loyihasi asosida qurilgan v...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi

Bino monumental me’morchiligi tufayli oson taniladi. U 1997 yilda shisha va betondan qurilgan hamd...